عَنْ عَلِيٍّ وَمُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا قَالَا: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا أَتَى أَحَدُكُمْ الصَّلَاةَ وَالْإِمَامُ عَلَى حَالٍ فَلْيَصْنَعْ كَمَا يَصْنَعُ الْإِمَامُ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ
Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Sizlardan biringiz namozga kelganida imom (qaysidir) holatda boʻlsa, imom qilayotgan ishni qilsin», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, uni shu yoʻldan rivoyat qilingandan boshqa hech kim musnad qilganini bilmaymiz. Ilm ahli huzurida amal shunga (muvofiq)dir. Ular: ‹Kishi kelganida imom sajdada boʻlsa, u ham sajda qilsin, lekin imom bilan rukuʼga yetishmasa, oʻsha rakat unga hisoblanmaydi›, deyishgan. Abdulloh ibn Muborak imom bilan birga sajda qilishni ixtiyor qildi va baʼzilaridan naql qilib: ‹Shoyad u oʻsha sajdada unga magʻfirat qilinmaguncha boshini koʻtarmasa (yaxshi boʻlardi)›, dedi.