وَعَن أبي سعيد الْخُدْرِيّ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ وَقَدْ صَلَّى رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: «أَلَا رَجُلٌ يَتَصَدَّقُ عَلَى هَذَا فَيُصَلِّيَ مَعَهُ؟» فَقَامَ رَجُلٌ فيصلى مَعَه ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَأَبُو دَاوُد
Abu Said (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. U aytdi: «Rasululloh ﷺ namoz oʻqib boʻlganlaridan keyin bir kishi keldi. Shunda u zot: ‹Sizlardan qaysi biringiz bunga (savob bilan) savdo qiladi (yaʼni u bilan namoz oʻqib, savob ulashadi)?› dedilar. Shunda bir kishi turib, u bilan birga namoz oʻqidi». Abu Iso aytdi: Bu bobda Abu Umoma, Abu Muso va Hakam ibn Umayrdan ham (rivoyatlar) bor. Abu Iso aytdi: Abu Saidning hadisi hasan hadisdir. Bu Nabiy ﷺning sahobalaridan va ulardan keyingi tobeʼinlardan boʻlgan ilm ahlidan koʻpchilikning soʻzidir. Ular: jamoat oʻqib boʻlingan masjidda boshqa bir qavmning jamoat boʻlib namoz oʻqishida zarar yoʻq, deb aytdilar. Ahmad va Ishoq shuni aytadilar. Ilm ahlidan boshqalari esa: yakka-yakka oʻqiydilar, dedilar. Sufyon, Ibnul-Muborak, Molik va Shofiʼiy shuni aytib, yakka-yakka oʻqishni ixtiyor qiladilar. Sulaymon an-Nojiy basralikdir, unga Sulaymon ibn al-Asvad ham deyiladi. Abul-Mutavakkilning ismi esa Ali ibn Dovuddir.