وَعَنْ رَجُلٍ مِنْ أَسَدِ بْنِ خُزَيْمَةَ أَنَّهُ سَأَلَ أَبَا أَيُّوبَ الْأَنْصَارِيَّ قَالَ: يُصَلِّي أَحَدُنَا فِي مَنْزِلِهِ الصَّلَاةَ ثُمَّ يَأْتِي الْمَسْجِدَ وَتُقَامُ الصَّلَاةُ فَأُصَلِّي مَعَهُمْ فَأَجِدُ فِي نَفْسِي شَيْئًا من ذَلِك فَقَالَ أَبُو أَيُّوبَ: سَأَلَنَا عَنْ ذَلِكَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «فَذَلِكَ لَهُ سَهْمُ جَمْعٍ» . رَوَاهُ مَالِكٌ وَأَبُو دَاوُد
Afiyf ibn Amr ibn al-Musayyab (rahimahulloh) aytdiki, menga Banu Asad ibn Xuzayma (qabilasi)dan boʻlgan bir kishi hadis aytib berdiki, u Abu Ayyub al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan soʻrab: «Birimiz manzilida namozni oʻqib boʻladi-da, soʻng masjidga keladi, namozga iqoma aytilayotgan boʻladi, men ham ular bilan birga oʻqiyman. Ana shundan koʻnglimda (bir narsa) sezaman», dedi. Shunda Abu Ayyub (roziyallohu anhu): «Bizlar bu haqda Paygʻambar ﷺdan soʻragan edik, u zot: ‹Bu unga jamoat (ulushidan bir) ulush boʻladi›, dedilar», dedi.