وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ السَّائِبِ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم يُصَلِّي أَرْبَعًا بَعْدَ أَنْ تَزُولَ الشَّمْسُ قَبْلَ الظُّهْرِ وَقَالَ: «إِنَّهَا سَاعَةٌ تُفْتَحُ فِيهَا أَبْوَابُ السَّمَاءِ فَأُحِبُّ أَنْ يَصْعَدَ لِي فِيهَا عَمَلٌ صَالِحٌ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abdulloh ibn as-Soib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ quyosh ogʻgandan keyin, peshindan oldin toʻrt (rakaat) oʻqir edilar va: «Bu shunday soatki, unda osmon eshiklari ochiladi va men shu (vaqt)da men uchun solih amal koʻtarilishini yaxshi koʻraman», dedilar. (Rovi) aytdi: Bu bobda Ali va Abu Ayyubdan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Abdulloh ibn as-Soibning hadisi hasan gʻaribdir. Nabiy ﷺdan u zot zavoldan keyin toʻrt rakaat oʻqib, faqat ularning oxirida salom berganlari rivoyat qilingan.