عَنْ عُمَرَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم يَقُول: " أَرْبَعُ رَكَعَاتٍ قَبْلَ الظُّهْرِ بَعْدَ الزَّوَالِ تُحْسَبُ بِمِثْلِهِنَّ فِي صَلَاةِ السَّحَرِ. وَمَا مِنْ شَيْءٍ إِلَّا وَهُوَ يُسَبِّحُ اللَّهَ تِلْكَ السَّاعَةَ ثُمَّ قَرَأَ: (يَتَفَيَّأُ ظِلَالُهُ عَنِ الْيَمِينِ وَالشَّمَائِلِ سُجَّدًا لَهُ وهم داخرون) رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَالْبَيْهَقِيّ فِي شعب الْإِيمَان
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Men Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)ning shunday deganini eshitdim: Rasululloh ﷺ: «Quyosh zavolidan keyin, peshindan oldingi toʻrt (rakaat namoz) sahar namozidagi shunchasiga teng hisoblanadi», dedilar. Rasululloh ﷺ (yana): «Oʻsha soatda Allohga tasbeh aytmaydigan hech bir narsa yoʻqdir», dedilar. Soʻng: {Ularning soyalari Allohga sajda qilgan holda oʻngu soʻlga (mayl qilib) oʻzgarib turadi} (Nahl 48) — oyatni toʻla tilovat qildilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, biz uni faqat Ali ibn Osim hadisidan bilamiz.