وَعَنْهُ: أَنَّهُ رَقَدَ عِنْدَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَاسْتَيْقَظَ فَتَسَوَّكَ وَتَوَضَّأَ وَهُوَ يَقُول: (إِن فِي خلق السَّمَاوَات وَالْأَرْض. . .) حَتَّى خَتَمَ السُّورَةَ ثُمَّ قَامَ فَصَلَّى رَكْعَتَيْنِ أَطَالَ فِيهِمَا الْقِيَامَ وَالرُّكُوعَ وَالسُّجُودَ ثُمَّ انْصَرَفَ فَنَامَ حَتَّى نَفَخَ ثُمَّ فَعَلَ ذَلِكَ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ سِتَّ رَكَعَاتٍ كُلُّ ذَلِكَ يَسْتَاكُ وَيَتَوَضَّأُ وَيَقْرَأُ هَؤُلَاءِ الْآيَاتِ ثُمَّ أَوْتَرَ بِثَلَاثٍ. رَوَاهُ مُسلم
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U Rasululloh ﷺ ning huzurlarida uxlagan edi. (Rasululloh ﷺ) uygʻonib, misvok qilib, tahorat oldilar va: {Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun (Allohning borligi va qudratiga) oyat-belgilar bordir} (Oli Imron 190) deyar edilar. Bu oyatlarni surani tugatgunlarigacha oʻqidilar. Soʻng turib, ikki rakaat namoz oʻqidilar va ularda qiyomni, rukuni va sajdani uzaytirdilar. Soʻng (namozdan) chiqib, xurrak otib uxlagunlaricha uxladilar. Soʻng buni uch marta, oltita rakaatni shu (tarzda) qildilar; har safar misvok qilar, tahorat olar va bu oyatlarni oʻqir edilar. Soʻng uch (rakaat) bilan vitr oʻqidilar. Soʻng muazzin azon aytdi va u (zot) namozga chiqayotib: «Allohim! Qalbimga nur ato et, tilimga nur ato et, qulogʻimga nur ato et, koʻzimga nur ato et, orqamga nur ato et, oldimga nur ato et, ustimga nur ato et va tagimga nur ato et. Allohim! Menga nur ato et», deyar edilar.