وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: جَاءَ رجل إِلَى النَّبِي صلى فَقَالَ: إِن فلَانا يُصَلِّي بِاللَّيْلِ فَإِذَا أَصْبَحَ سَرَقَ فَقَالَ: إِنَّهُ سَيَنْهَاهُ مَا تَقُولُ. رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالْبَيْهَقِيُّ فِي شُعَبِ الْإِيمَانِ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: bir kishi Nabiy ﷺ ning oldilariga keldi-da: «Halok boʻldim, yo Rasululloh!» dedi. (Rasululloh ﷺ:) «Seni nima halok qildi?» dedilar. (U kishi:) «Ramazonda xotinimga yaqinlik qildim», dedi. (Rasululloh ﷺ:) «Ozod qiladigan qul topa olasanmi?» dedilar. (U:) «Yoʻq», dedi. (Rasululloh ﷺ:) «Ikki oy ketma-ket roʻza tuta olasanmi?» dedilar. (U:) «Yoʻq», dedi. (Rasululloh ﷺ:) «Oltmish miskinni taomlantiradigan narsa topa olasanmi?» dedilar. (U:) «Yoʻq», dedi. Soʻng u oʻtirdi. Nabiy ﷺ ga ichida xurmo boʻlgan bir savat keltirildi. (Rasululloh ﷺ:) «Buni sadaqa qil», dedilar. (U:) «Bizdan kambagʻalrogʻigami? Bu ikki qora toshli (Madina) chegaralari orasida bizdan bunga muhtojroq xonadon yoʻq», dedi. Shunda Nabiy ﷺ ozigʻ tishlari koʻringuncha kulib, soʻng: «Bor, uni ahlingga yedir», dedilar.