وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ أَنَّ أَبَاهُ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ كَانَ يُصَلِّي مِنَ اللَّيْلِ مَا شَاءَ اللَّهُ حَتَّى إِذَا كَانَ مِنْ آخِرِ اللَّيْلِ أَيْقَظَ أَهْلَهُ لِلصَّلَاةِ يَقُولُ لَهُمْ: الصَّلَاةُ ثُمَّ يَتْلُو هَذِهِ الْآيَةَ: (وَأْمُرْ أَهْلَكَ بِالصَّلَاةِ وَاصْطَبِرْ عَلَيْهَا لَا نَسْأَلُكَ رِزْقًا نَحن نرزقك وَالْعَاقبَة للتقوى) رَوَاهُ مَالك
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Otasi Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu) tunda Alloh xohlagancha namoz oʻqir, kechaning oxiri boʻlganda esa ahlini namozga uygʻotib, ularga: «Namoz!» der, soʻng bu oyatni tilovat qilar edi: {Ahlingni namozga buyur va oʻzing ham unga sabr qil. Biz sendan rizq soʻramaymiz, (aksincha) Biz seni rizqlantiramiz. Oqibat (yaxshi natija) taqvo (egalari) uchundir} (Toha 132). Molik rivoyat qilgan.