وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «خُذُوا مِنَ الْأَعْمَالِ مَا تُطِيقُونَ فَإِنَّ اللَّهَ لَا يمل حَتَّى تملوا»
(Oisha (roziyallohu anho) rivoyat qildi)ki, Paygʻambar ﷺ kechasi boʻyra (hasir) bilan (bir joyni) toʻsib (oʻrab) olib, (oʻsha yerda) namoz oʻqir, kunduzi esa uni yozib, ustida oʻtirardilar. Odamlar Paygʻambar ﷺning oldiga (toʻplanib) kela boshladilar va u zotning namozlariga (ergashib) namoz oʻqir edilar; nihoyat ular koʻpaydi. Shunda (u zot) ularga yuzlanib: «Ey odamlar, amallardan kuchingiz yetadiganini qiling; chunki Alloh sizlar (toliqib) zerikmaguningizcha (savob berishdan) zerikmaydi. Allohga eng sevimli amal — agar oz boʻlsa-da — davomli (doimiy) boʻlganidir» dedilar.