عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو قَالَ: حُدِّثْتُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «صَلَاةُ الرَّجُلِ قَاعِدًا نِصْفُ الصَّلَاةِ» قَالَ: فَأَتَيْتُهُ فَوَجَدْتُهُ يُصَلِّي جَالِسًا فَوَضَعْتُ يَدِي عَلَى رَأسه فَقَالَ: «مَالك يَا عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عَمْرٍو؟» قُلْتُ: حُدِّثْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَنَّكَ قُلْتَ: «صَلَاةُ الرَّجُلِ قَاعِدًا عَلَى نِصْفِ الصَّلَاةِ» وَأَنْتَ تُصَلِّي قَاعِدًا قَالَ: «أَجَلْ وَلَكِنِّي لَسْتُ كَأَحَدٍ مِنْكُمْ» . رَوَاهُ مُسلم
Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Menga Rasululloh ﷺ: «Kishining oʻtirgan holda oʻqigan namozi (tik turib oʻqilgan) namozning yarmidir», — deganlari haqida xabar berildi. U (Abdulloh) dedi: Shunda men u zotning oldilariga keldim va u zotni oʻtirgan holda namoz oʻqiyotganlarini koʻrdim, qoʻlimni boshlariga qoʻydim. Shunda u zot: «Senga nima boʻldi, ey Abdulloh ibn Amr?» — dedilar. Men: «Yo Rasululloh, menga Sizning: ‹Kishining oʻtirgan holda oʻqigan namozi namozning yarmidir› deganingiz haqida xabar berildi, holbuki Siz oʻtirgan holda namoz oʻqiyapsiz», — dedim. U zot: «Ha, shunday, lekin men sizlardan biriga oʻxshamayman», — dedilar.