وَعَن عبد الله بن أبي قيس قَالَ: سَأَلْتُ عَائِشَةَ: بِكَمْ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُوتِرُ؟ قَالَتْ: كَانَ يُوتِرُ بِأَرْبَعٍ وَثَلَاثٍ وَسِتٍّ وَثَلَاثٍ وَثَمَانٍ وَثَلَاثٍ وَعَشْرٍ وَثَلَاثٍ وَلَمْ يَكُنْ يُوتِرُ بِأَنْقَصَ مِنْ سَبْعٍ وَلَا بِأَكْثَرَ مِنْ ثَلَاث عشرَة. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abdulloh ibn Abu Qays aytadi: Men Oisha (roziyallohu anho)ga: «Rasululloh ﷺ necha rakaat bilan vitr oʻqir edilar?» — deb soʻradim. U: «U zot toʻrt va uch, olti va uch, sakkiz va uch, oʻn va uch (rakaat) bilan vitr oʻqir edilar. Yetti (rakaat)dan kam ham, oʻn uch (rakaat)dan koʻp ham vitr oʻqimas edilar», — dedi. Abu Dovud aytadi: Ahmad ibn Solih (rivoyatida): «U zot bomdoddan oldingi ikki rakaat bilan vitrni oʻqimas edilar» (degan soʻzni) ziyoda qildi. (Abdulloh) aytadi: Men: «Nima bilan vitr oʻqir edilar (qachon qoldirar edilar)?» — dedim. U: «U zot uni hech qachon tark etmas edilar», — dedi. Ahmad esa «olti va uch» (degan soʻzni) zikr qilmadi.