وَعَنْ نَافِعٍ قَالَ: كُنْتُ مَعَ ابْنِ عُمَرَ بِمَكَّةَ وَالسَّمَاءُ مُغَيِّمَةٌ فَخَشِيَ الصُّبْحَ فَأَوْتَرَ بِوَاحِدَةٍ ثُمَّ انْكَشَفَ فَرَأَى أَنَّ عَلَيْهِ لَيْلًا فَشَفَعَ بِوَاحِدَةٍ ثُمَّ صَلَّى رَكْعَتَيْنِ رَكْعَتَيْنِ فَلَمَّا خَشِيَ الصُّبْح أوتر بِوَاحِدَة. رَوَاهُ مَالك
Nofiʼ (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Makkada Ibn Umar bilan birga edim, osmon bulutli edi. U tong otishidan xavfsirab, bir rakʼat vitr oʻqidi. Soʻng (osmon) ochilib, hali tun borligini koʻrgach, yana bir rakʼat qoʻshib (vitrini) juft qildi. Keyin ikki rakʼatdan namoz oʻqiyverdi, tong yaqinlashishidan xavfsiraganda esa bir rakʼat vitr oʻqidi. Molik rivoyat qilgan.