وَعَن عَاصِم الْأَحول قَالَ: سَأَلْتُ أَنَسَ بْنَ مَالِكٍ عَنِ الْقُنُوتِ فِي الصَّلَاةِ كَانَ قَبْلَ الرُّكُوعِ أَوْ بَعْدَهُ؟ قَالَ: قَبْلَهُ إِنَّمَا قَنَتَ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَعْدُ الرُّكُوعِ شَهْرًا إِنَّهُ كَانَ بَعَثَ أُنَاسًا يُقَالُ لَهُمْ الْقُرَّاءُ سَبْعُونَ رَجُلًا فَأُصِيبُوا فَقَنَتَ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَعْدُ الرُّكُوعِ شَهْرًا يَدْعُو عَلَيْهِمْ
Men Anas ibn Molikdan namozdagi qunut haqida soʻradim. U: «Ha (boʻlgan)», dedi. Men: «(U) rukuʼdan oldinmi yoki keyinmi?» dedim. U: «Undan (rukuʼdan) oldin», dedi. Men: «Albatta falonchi mendan, sen ‹undan keyin› deding, deb xabar berdi», dedim. U: «Yolgʻon aytibdi. Rasululloh ﷺ faqat bir oy rukuʼdan keyin qunut qildilar — u zot ‹al-Qurro› deb ataladigan, yetmish kishilik (jamoa)ni mushriklardan baʼzi odamlarning oldiga yuborgan edilar; ular bilan Rasululloh ﷺ orasida ahd (sulh) bor edi. Rasululloh ﷺ bilan ular orasida ahd boʻlgan ana shu (kishi)lar (ahdni buzib) gʻolib chiqdilar (xiyonat qildilar). Shunda Rasululloh ﷺ rukuʼdan keyin bir oy qunut qilib, ularga (qarshi) duo qildilar», dedi.