عَنْ زَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ اتَّخَذَ حُجْرَةً فِي الْمَسْجِدِ مِنْ حَصِيرٍ فَصَلَّى فِيهَا لَيَالِيَ حَتَّى اجْتَمَعَ عَلَيْهِ نَاسٌ ثُمَّ فَقَدُوا صَوْتَهُ لَيْلَةً وَظَنُّوا أَنَّهُ قَدْ نَامَ فَجَعَلَ بَعْضُهُمْ يَتَنَحْنَحُ لِيَخْرُجَ إِلَيْهِمْ. فَقَالَ: مَا زَالَ بِكُمُ الَّذِي رَأَيْتُ مِنْ صَنِيعِكُمْ حَتَّى خَشِيتُ أَنْ يُكْتَبَ عَلَيْكُمْ وَلَوْ كُتِبَ عَلَيْكُمْ مَا قُمْتُمْ بِهِ. فَصَلُّوا أَيُّهَا النَّاسُ فِي بُيُوتِكُمْ فَإِنَّ أَفْضَلَ صَلَاةِ الْمَرْء فِي بَيته إِلَّا الصَّلَاة الْمَكْتُوبَة)
Zayd ibn Sobit (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ masjidda boʻyradan bir hujra qilib oldilar. Rasululloh ﷺ unda bir necha kecha namoz oʻqidilar, hatto u zotning atroflariga odamlar toʻplandi. Soʻng bir kecha ular u zotning ovozini eshitmay qolishdi va u zot uxlab qoldilar, deb oʻylashdi. Baʼzilari u zot oldilariga chiqsinlar, deb tomoq qira boshlashdi. Shunda u zot: «Men koʻrgan amalingiz davom etaverdi, hatto bu sizlarga farz qilib qoʻyilishidan qoʻrqdim. Agar sizlarga farz qilinganida, uni bajara olmas edingiz. Bas, ey odamlar, namozni oʻz uylaringizda oʻqinglar, chunki farz namozdan boshqa, kishining eng afzal namozi uning uyida (oʻqigan namozi)dir», dedilar.