وَعَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: فَقَدْتُ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَيْلَةً فَإِذَا هُوَ بِالْبَقِيعِ فَقَالَ " أَكُنْتِ تَخَافِينَ أَنْ يَحِيفَ اللَّهُ عَلَيْكِ وَرَسُولُهُ؟ قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي ظَنَنْتُ أَنَّكَ أَتَيْتَ بَعْضَ نِسَائِكَ فَقَالَ: إِنَّ اللَّهَ تَعَالَى يَنْزِلُ لَيْلَةَ النِّصْفِ مِنْ شَعْبَانَ إِلَى السَّمَاءِ الدُّنْيَا فَيَغْفِرُ لِأَكْثَرَ مِنْ عَدَدِ شَعْرِ غَنَمِ كَلْبٍ " رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَزَادَ رَزِينٌ: «مِمَّنِ اسْتَحَقَّ النَّارَ» وَقَالَ التِّرْمِذِيُّ: سَمِعْتُ مُحَمَّدًا يَعْنِي البُخَارِيّ يضعف هَذَا الحَدِيث
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Bir kechasi Rasulullohni ﷺ topa olmadim, shuning uchun chiqib (qarasam), u zot Baqiʼda ekanlar. U zot: «Alloh va Uning Rasuli senga zulm qilishidan qoʻrqdingmi?» dedilar. Men: «Ey Allohning Rasuli, men sizni baʼzi ayollaringiznikiga bordingiz, deb oʻyladim», dedim. Shunda u zot: «Albatta, Alloh azza va jalla Shaʼbonning oʻrtasidagi kechada dunyo osmoniga tushib, Kalb (qabilasi)ning qoʻylari junining sonidan koʻproq kishini magʻfirat qiladi», dedilar. Bu bobda Abu Bakr Siddiqdan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Oishaning hadisini biz faqat shu yoʻldan, Hajjojning hadisidan bilamiz. Men Muhammad (al-Buxoriy)ning bu hadisni zaif sanaganini eshitdim va u: «Yahyo ibn Abu Kasir Urvadan eshitmagan, Hajjoj ibn Artoa esa Yahyo ibn Abu Kasirdan eshitmagan», dedi.