وَعَن السَّائِب بن يزِيد قَالَ: أَمَرَ عُمَرُ أُبَيَّ بْنَ كَعْبٍ وَتَمِيمًا الدَّارِيَّ أَنْ يَقُومَا لِلنَّاسِ فِي رَمَضَانَ بِإِحْدَى عَشْرَةَ رَكْعَةً فَكَانَ الْقَارِئُ يَقْرَأُ بِالْمِئِينَ حَتَّى كُنَّا نَعْتَمِدُ عَلَى الْعَصَا مِنْ طُولِ الْقِيَامِ فَمَا كُنَّا نَنْصَرِفُ إِلَّا فِي فُرُوعِ الْفَجْرِ. رَوَاهُ مَالك
Soib ibn Yazid (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Umar (roziyallohu anhu) Ubay ibn Kaʼb va Tamim ad-Doriyga Ramazonda odamlarga oʻn bir rakʼat (tarovih) oʻqib berishni buyurdi. Qori (har rakʼatda) yuz oyatdan ziyod (sura) oʻqir, biz esa uzoq turishdan (charchab) hassaga suyanib qolardik. Faqat tong yorishguncha (namozdan) chiqmasdik. Molik rivoyat qilgan.