وَعَنْ بُرَيْدَةَ قَالَ: أَصْبَحَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَدَعَا بِلَالًا فَقَالَ: «بِمَ سَبَقْتَنِي إِلَى الْجَنَّةِ مَا دَخَلْتُ الْجَنَّةَ قَطُّ إِلَّا سَمِعْتُ خَشْخَشَتَكَ أَمَامِي» . قَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ مَا أَذَّنْتُ قَطُّ إِلَّا صَلَّيْتُ رَكْعَتَيْنِ وَمَا أَصَابَنِي حَدَثٌ قَطُّ إِلَّا تَوَضَّأْتُ عِنْدَهُ وَرَأَيْتُ أَنَّ لِلَّهِ عَلَيَّ رَكْعَتَيْنِ. فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «بِهِمَا» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Burayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bir kuni tongda Bilolni chaqirib: «Ey Bilol, sen jannatga mendan oldin nima bilan oʻtib ketding? Men jannatga har qachon kirsam, oldimda sening qadam tovushingni eshitaman. Kechasi men jannatga kirdim va oldimda sening qadam tovushingni eshitdim. Soʻng oltindan boʻlgan toʻrtburchak, balandga koʻtarilgan bir qasrga yetib keldim. ‹Bu qasr kimniki?› deb soʻradim. ‹Arablardan boʻlgan bir kishiniki›, deyishdi. ‹Men ham arabman, bu qasr kimniki?› dedim. ‹Qurayshdan boʻlgan bir kishiniki›, deyishdi. ‹Men ham qurayshlikman, bu qasr kimniki?› dedim. ‹Muhammadning ummatidan boʻlgan bir kishiniki›, deyishdi. ‹Men Muhammadman, bu qasr kimniki?› dedim. ‹Umar ibn al-Xattobniki›, deyishdi», dedilar. Shunda Bilol: «Ey Rasululloh, men har qachon azon aytsam, ortidan ikki rakat namoz oʻqirdim va har qachon menga hadas yetsa (tahoratim buzilsa), shu zahoti tahorat olardim hamda Alloh uchun zimmamda ikki rakat (namoz) bor deb bilardim», dedi. Rasululloh ﷺ: «Ana shu (ikki amaling) bilan (oʻtib ketding)», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Jobir, Muoz, Anas va Abu Hurayradan ham (rivoyatlar) bor. Nabiy ﷺ: «Jannatda oltindan boʻlgan bir qasrni koʻrdim. ‹Bu kimniki?› dedim. ‹Umar ibn al-Xattobniki›, deyildi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahih gʻaribdir. Bu hadisning maʼnosi shuki, «kechasi men jannatga kirdim» — yaʼni «tushimda goʻyo jannatga kirgandek koʻrdim», degani; baʼzi rivoyatlarda shunday kelgan. Ibn Abbosdan rivoyat qilinadiki, u: «Paygʻambarlarning tushi vahiydir», degan.