وَعَنْ أَبِي أُمَامَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَا أَذِنَ اللَّهُ لَعَبْدٍ فِي شَيْءٍ أَفْضَلَ مِنَ الرَّكْعَتَيْنِ يُصَلِّيهِمَا وَإِنَّ الْبِرَّ لَيُذَرُّ عَلَى رَأْسِ الْعَبْدِ مَا دَامَ فِي صَلَاتِهِ وَمَا تَقَرَّبَ الْعِبَادُ إِلَى اللَّهِ بِمِثْلِ مَا خَرَجَ مِنْهُ» يَعْنِي الْقُرْآنَ. رَوَاهُ أَحْمد وَالتِّرْمِذِيّ
Abu Umoma (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Alloh bir bandasiga oʻqigan ikki rakat namozdan afzalroq narsada izn bermagan. Banda namozida turgan ekan, uning boshiga yaxshilik sepilib turadi. Bandalar Allohga Undan chiqqan narsa (Qurʼon) misli biror narsa bilan yaqinlasha olmaydilar», dedilar. Abu Nazr: «Yaʼni Qurʼonni (nazarda tutadi)», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, biz uni faqat shu yoʻl bilangina bilamiz. Bakr ibn Xunays haqida Ibnul-Muborak (tanqidiy) soʻz aytgan va umrining oxirida uni tark etgan. Bu hadis Zayd ibn Artoadan, u Jubayr ibn Nufayrdan, u Paygʻambar ﷺdan mursal tarzda ham rivoyat qilingan.