وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ ذَلِكَ قَدْ فَعَلَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَصَرَ الصَّلَاةَ وَأَتَمَّ. رَوَاهُ فِي شرح السّنة
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ bularning barchasini qilganlar: namozni qasr ham qilganlar, toʻliq (tomom) ham oʻqiganlar», dedi. Bagʻaviy uni Sharh us-sunnada rivoyat qilgan.