وَعَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي غَزْوَةِ تَبُوكَ: إِذَا زَاغَتِ الشَّمْسُ قَبْلَ أَنْ يَرْتَحِلَ جَمَعَ بَيْنَ الظُّهْرِ وَالْعَصْرِ وَإِنِ ارْتَحَلَ قَبْلَ أَنْ تَزِيغَ الشَّمْسُ أَخَّرَ الظُّهْرَ حَتَّى يَنْزِلَ لِلْعَصْرِ وَفِي الْمَغْرِبِ مِثْلَ ذَلِكَ إِذَا غَابَتِ الشَّمْسُ قَبْلَ أَنْ يَرْتَحِلَ جَمَعَ بَيْنَ الْمَغْرِبِ وَالْعِشَاءِ وَإِنِ ارْتَحَلَ قَبْلَ أَنْ تَغِيبَ الشَّمْسُ أَخَّرَ الْمَغْرِبَ حَتَّى يَنْزِلَ لِلْعِشَاءِ ثُمَّ يَجْمَعُ بَيْنَهُمَا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد وَالتِّرْمِذِيّ
Abu Tufayldan, u Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ Tabuk gʻazotida boʻlganlarida, agar yoʻlga chiqishdan oldin quyosh ogʻsa, peshin bilan asrni jamlab oʻqirdilar; agar quyosh ogʻishidan oldin yoʻlga chiqsalar, peshinni asr (vaqtigacha) — toki (ulovdan) tushgunlaricha kechiktirardilar. Magʻribda ham xuddi shunday qilardilar: agar yoʻlga chiqishdan oldin quyosh botsa, magʻrib bilan xuftonni jamlab oʻqirdilar; agar quyosh botishidan oldin yoʻlga chiqsalar, magʻribni xufton (vaqtigacha) — toki (ulovdan) tushgunlaricha kechiktirib, soʻng ikkovini jamlab oʻqirdilar. Abu Dovud aytdi: Buni Hishom ibn Urva, Husayn ibn Abdullohdan, u Kuraybdan, u Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan, u Nabiy ﷺdan al-Mufazzal va al-Laysning hadisiga oʻxshash rivoyat qilgan.