وَعَنْ جَابِرٍ قَالَ: بَعَثَنِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي حَاجَةٍ فَجِئْتُ وَهُوَ يُصَلِّي عَلَى رَاحِلَتِهِ نَحْوَ الْمَشْرِقِ وَيَجْعَلُ السُّجُودَ أَخفض من الرُّكُوع. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. U dedi: «Nabiy ﷺ meni bir hojat (yumush) uchun yubordilar. Men qaytib kelsam, u zot ulovlari ustida sharq tomonga qarab namoz oʻqiyotgan edilar; sajdani rukuʼdan pastroq qilar edilar». (Abu Iso) aytdi: Bu bobda Anas, Ibn Umar, Abu Said va Omir ibn Rabiʼadan ham (rivoyatlar) bor. Abu Iso aytdi: Jobirning hadisi hasan sahih hadisdir; bu hadis Jobirdan bir necha yoʻl bilan rivoyat qilingan. Ilm ahlining umumiy (koʻpchiligi) nazdida shunga amal qilinadi, ular orasida ixtilof borligini bilmaymiz. Ular kishining ulovi ustida — yuzi qiblaga qarasinmi yoki boshqa tomongami — nafl namozini oʻqishida hech qanday eʼtiroz koʻrmaydilar.