وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «الْيَوْمُ الْمَوْعُودُ يَوْمُ الْقِيَامَةِ وَالْيَوْمُ الْمَشْهُودُ يَوْمُ عَرَفَةَ وَالشَّاهِدُ يَوْمُ الْجُمُعَةِ وَمَا طَلَعَتِ الشَّمْسُ وَلَا غَرَبَتْ عَلَى يَوْمٍ أَفْضَلَ مِنْهُ فِيهِ سَاعَةٌ لَا يُوَافِقُهَا عَبْدٌ مُؤْمِنٌ يَدْعُو اللَّهَ بِخَيْرٍ إِلَّا اسْتَجَابَ اللَّهُ لَهُ وَلَا يَسْتَعِيذُ مِنْ شَيْءٍ إِلَّا أَعَاذَهُ مِنْهُ» . رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالتِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ لَا يُعْرَفُ إِلَّا مِنْ حَدِيثِ مُوسَى بْنِ عُبَيْدَةَ وَهُوَ يضعف
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) Rasululloh ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Vaʼda qilingan kun — qiyomat kunidir, guvoh boʻlinadigan kun — Arafa kunidir, guvoh esa — juma kunidir. Quyosh undan afzalroq kun ustiga chiqmagan va botmagan. Unda shunday bir soat borki, moʻmin banda Allohga yaxshilik soʻrab duo qilsa, oʻsha (soat)ga toʻgʻri kelsa, Alloh uning (duosini) albatta ijobat qiladi va u qaysi bir yomonlikdan panoh soʻrasa, Alloh uni undan albatta saqlaydi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir, biz uni faqat Musa ibn Ubaydaning hadisidan bilamiz. Musa ibn Ubayda esa hadisda zaif sanaladi, uni Yahyo ibn Said va boshqalar yodi (zaifligi) sababli zaif deyishgan. Bizga Ali ibn Hujr soʻzlab berdi, unga Qurron ibn Tammom al-Asadiy Musa ibn Ubaydadan shu isnod bilan shunga oʻxshash rivoyat qildi. Musa ibn Ubayda ar-Rabaziyning kunyasi Abu Abdulazizdir, uning haqida Yahyo va boshqalar yodi sababli (tanqid) gapirishgan. Shuʼba, Savriy va imomlardan bir nechtasi undan rivoyat qilgan.