وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ أَنَّهُ قَرَأَ: (الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لكم دينكُمْ) الْآيَةَ وَعِنْدَهُ يَهُودِيٌّ فَقَالَ: لَوْ نَزَلَتْ هَذِهِ الْآيَةُ عَلَيْنَا لَاتَّخَذْنَاهَا عِيدًا فَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ: فَإِنَّهَا نزلت فِي يَوْم عيدين فِي وَيَوْم جُمُعَةٍ وَيَوْمِ عَرَفَةَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ غَرِيبٌ
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: u {Bugun sizlar uchun diningizni kamolga yetkazdim} (Moida 3) oyatini oʻqidi, uning yonida esa bir yahudiy bor edi. U (yahudiy): «Agar bu oyat bizga nozil boʻlganida, biz uni bayram qilib olardik», dedi. Ibn Abbos: «U (oyat) ikki bayram jam boʻlgan kunda — juma kuni va Arafa kunida nozil boʻlgan», dedi. Termiziy rivoyat qilgan va: «Bu hasan-gʻarib hadis», degan.