وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «الْجُمُعَةُ عَلَى مَنْ آوَاهُ اللَّيْلُ إِلَى أَهْلِهِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيث إِسْنَاده ضَعِيف
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Juma — kechasi oilasiga qaytib (uyiga) yetib boradigan kishiga (vojib)dir», dedilar. (Ushbu hadis haqida shunday voqea boʻlgan: Ahmad ibn Hasan aytadi: Biz Ahmad ibn Hanbalning huzurida edik. Odamlar juma kimga vojib boʻlishi haqida soʻz ochishdi, Ahmad esa bu borada Nabiy ﷺdan hech narsa zikr qilmadi. Men Ahmad ibn Hanbalga: «Bu haqda Abu Hurayradan, Nabiy ﷺdan (rivoyat) bor», dedim. Ahmad: «Nabiy ﷺdanmi?» dedi. «Ha», dedim va ushbu hadisni keltirdim. Shunda Ahmad ibn Hanbal mendan gʻazablanib: «Robbingdan magʻfirat soʻra, Robbingdan magʻfirat soʻra!» dedi.) Abu Iso aytdi: Ahmad ibn Hanbal bunday qilishiga sabab — u bu hadisni eʼtiborga olmas va isnodi holatiga koʻra uni zaif sanardi.