وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا كَانَ يَوْمُ الْجُمُعَةِ وَقَفَتِ الْمَلَائِكَةُ عَلَى بَابِ الْمَسْجِدِ يَكْتُبُونَ الْأَوَّلَ فَالْأَوَّلَ وَمَثَلُ الْمُهَجِّرِ كَمَثَلِ الَّذِي يُهْدِي بَدَنَةً ثُمَّ كَالَّذِي يُهْدِي بَقَرَةً ثُمَّ كَبْشًا ثُمَّ دَجَاجَةً ثُمَّ بَيْضَةً فَإِذَا خَرَجَ الْإِمَامُ طَوَوْا صُحُفَهُمْ ويستمعون الذّكر»
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Juma kuni boʻlganda, farishtalar masjid eshigida turadi va masjidga kelayotganlarning ismlarini kelish tartibiga koʻra (navbatma-navbat) yozib turadi. Eng erta soatda masjidga kirgan kishining misoli — tuya (qurbonlik) qilgan kishidek; undan keyin kelgan — sigir (qurbonlik) qilgan kishidek, soʻng qoʻchqor, soʻng tovuq, soʻng tuxum (sadaqa qilgan kishidek). Imom (juma namoziga) chiqganda, ular (yaʼni farishtalar) varaqlarini yigʻishtirib, xutbani tinglaydi», — dedilar.