عَنْ أَبِي سَعِيدٍ وَأَبِي هُرَيْرَةَ قَالَا: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «من اغْتَسَلَ يَوْمَ الْجُمُعَةِ وَلَبِسَ مِنْ أَحْسَنِ ثِيَابِهِ وَمَسَّ مِنْ طِيبٍ إِنْ كَانَ عِنْدَهُ ثُمَّ أَتَى الْجُمُعَةَ فَلَمْ يَتَخَطَّ أَعْنَاقَ النَّاسِ ثُمَّ صَلَّى مَا كَتَبَ اللَّهُ لَهُ ثُمَّ أَنْصَتَ إِذا خرج إِمَام حَتَّى يَفْرُغَ مِنْ صَلَاتِهِ كَانَتْ كَفَّارَةً لِمَا بَيْنَهَا وَبَيْنَ جُمُعَتِهِ الَّتِي قَبْلَهَا» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Kim juma kuni gʻusl qilsa, eng yaxshi kiyimlaridan kiysa, agar bor boʻlsa, atirdan surtsa, soʻng jumaga kelib, odamlarning boʻyinlaridan oshib oʻtmasa, soʻng Alloh oʻziga yozib qoʻygan miqdorda namoz oʻqisa, soʻng imomi (minbarga) chiqqanida, u namozini tamomlaguncha jim turib eshitsa, bu unga oʻsha juma bilan undan oldingi jumasi orasidagi (gunohlar)ga kafforot boʻladi». (Roviy) aytdi: Abu Hurayra (roziyallohu anhu): «Yana uch kun ham qoʻshiladi», deydilar va: «Albatta, bir yaxshilik oʻn baravari bilan (mukofotlanadi)», deydilar. Abu Dovud aytdi: Muhammad ibn Salamaning hadisi toʻliqroqdir va Hammod Abu Hurayraning soʻzini zikr qilmadi.