وَعَنْ سَهْلِ بْنِ مُعَاذِ بْنِ أَنَسٍ الْجُهَنِيِّ عَنْ أَبِيهِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ تَخَطَّى رِقَابَ النَّاسِ يَوْمَ الْجُمُعَةِ اتَّخَذَ جِسْرًا إِلَى جَهَنَّمَ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ
Sahl ibn Muoz ibn Anas al-Juhaniy otasi (Muoz ibn Anas al-Juhaniy (roziyallohu anhu))dan rivoyat qiladi: U: «Rasululloh ﷺ: ‹Kim juma kuni odamlarning boʻyinlaridan oshib (oʻtib) borsa, jahannamga (eltadigan) koʻprik tutibdi (yaʼni oʻziga koʻprik qilibdi)›, dedilar», dedi. (Abu Iso) aytdi: Bu bobda Jobirdan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Sahl ibn Muoz ibn Anas al-Juhaniyning hadisi gʻarib hadis boʻlib, biz uni faqat Rishdin ibn Saʼdning hadisi orqaligina bilamiz. Ilm ahli nazdida amal shunga muvofiqdir: ular kishining juma kuni odamlarning boʻyinlaridan oshib oʻtishini makruh koʻradilar va bunda qattiq turadilar. Baʼzi ilm ahli Rishdin ibn Saʼd haqida (tanqidiy) soʻz qilgan va uni hifzi (yodlash quvvati) jihatidan zaif sanagan.