وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " يَحْضُرُ الْجُمُعَةَ ثَلَاثَةُ نَفَرٍ: فَرَجُلٌ حَضَرَهَا بِلَغْوٍ فَذَلِكَ حَظُّهُ مِنْهَا. وَرَجُلٌ حَضَرَهَا بِدُعَاءٍ فَهُوَ رَجُلٌ دَعَا اللَّهَ إِنْ شَاءَ أَعْطَاهُ وَإِنْ شَاءَ مَنعه. وَرجل حَضَره بِإِنْصَاتٍ وَسُكُوتٍ وَلَمْ يَتَخَطَّ رَقَبَةَ مُسْلِمٍ وَلَمْ يُؤْذِ أَحَدًا فَهِيَ كَفَّارَةٌ إِلَى الْجُمُعَةِ الَّتِي تَلِيهَا وَزِيَادَةِ ثَلَاثَةِ أَيَّامٍ وَذَلِكَ بِأَنَّ اللَّهَ يَقُولُ: (مَنْ جَاءَ بِالْحَسَنَةِ فَلَهُ عَشْرُ أَمْثَالِهَا. .) رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ shunday dedilar: «Jumaga uch xil kishi keladi: biri behuda ish bilan hozir boʻlgan kishidirki, undan oladigan nasibasi ham shudir; yana biri duo qilib hozir boʻlgan kishidirki, u Alloh azza va jallaga duo qilgan kishidir — Alloh xohlasa unga ato qiladi, xohlasa bermaydi; yana biri jim va sukut saqlab hozir boʻlgan, biror musulmonning boʻyniga oshmagan (oralab oʻtmagan) va hech kimga ozor bermagan kishidirki, bu (juma) unga undan keyingi jumagacha va ustiga yana uch kun (gunohlariga) kafforat boʻladi. Bu shuningdek Alloh azza va jalla: {Kim bir yaxshilik bilan kelsa, unga oʻshaning oʻn baravari (savob) bordir} (Anʼom 160) deganligi sababidandir».