عَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَخْطُبُ خُطْبَتَيْنِ كَانَ يَجْلِسُ إِذَا صَعِدَ الْمِنْبَرَ حَتَّى يَفْرُغَ أُرَاهُ الْمُؤَذِّنَ ثُمَّ يَقُومُ فَيَخْطُبُ ثُمَّ يَجْلِسُ وَلَا يَتَكَلَّمُ ثمَّ يقوم فيخطب. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ ikki xutba qilar edilar. Minbarga chiqqanlarida — oʻylashimcha, u (roviy) muazzin (azonni) tugatguniga qadar deb aytdi — oʻtirar edilar. Soʻng turib xutba qilar, soʻng oʻtirar va gapirmas, soʻng yana turib xutba qilar edilar.