عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ: أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَزَلَ بَيْنَ ضَجْنَانَ وَعُسْفَانَ فَقَالَ الْمُشْرِكُونَ: لِهَؤُلَاءِ صَلَاةٌ هِيَ أَحَبُّ إِلَيْهِمْ مِنْ آبَائِهِمْ وَأَبْنَائِهِمْ وَهِيَ الْعَصْرُ فَأَجْمِعُوا أَمْرَكُمْ فَتَمِيلُوا عَلَيْهِمْ مَيْلَةً وَاحِدَةً وَإِنَّ جِبْرِيلَ أَتَى النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَمَرَهُ أَنْ يَقْسِمَ أَصْحَابَهُ شَطْرَيْنِ فَيُصَلِّيَ بِهِمْ وَتَقُومَ طَائِفَةٌ أُخْرَى وَرَاءَهُمْ وَلْيَأْخُذُوا حِذْرَهُمْ وَأَسْلِحَتَهُمْ فَتَكُونَ لَهُمْ رَكْعَةٌ وَلِرَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَكْعَتَانِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَالنَّسَائِيّ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ Zajnon bilan Usfon orasiga tushdilar. Shunda mushriklar: «Bularning bir namozi borki, u ularga otalaridan ham, bolalaridan ham sevimliroqdir, u asr namozidir. Bas, ishingizni bir qarorga keltirib, ularga bir hamla bilan tashlaninglar», dedilar. Shunda Jabroil Nabiy ﷺga kelib, u zotga ashoblarini ikki guruhga boʻlishni amr qildi: u zot ular bilan namoz oʻqirlar, boshqa bir toifa ularning orqasida turib, ehtiyot choralarini va qurollarini olib turar; soʻng boshqalari kelib, u zot bilan bir rakaat oʻqirlar, soʻng bular ehtiyot choralarini va qurollarini olib turar. Shunday qilib ularning har biriga bir rakaatdan, Rasululloh ﷺga esa ikki rakaat boʻlar edi. Abu Iso aytdi: Bu hadis Abdulloh ibn Shaqiqning Abu Hurayradan rivoyati boʻlgan bu yoʻldan hasan sahih gʻaribdir. Bu bobda Abdulloh ibn Masʼud, Zayd ibn Sobit, Ibn Abbos, Jobir, Abu Ayyosh az-Zuraqiy, Ibn Umar, Huzayfa, Abu Bakra va Sahl ibn Abu Hasmadan ham (rivoyatlar) bordir. Abu Ayyosh az-Zuraqiyning ismi Zayd ibn Somitdir.