وَعَنْ سَعِيدِ بْنِ الْعَاصِ قَالَ: سَأَلْتُ أَبَا مُوسَى وَحُذَيْفَةَ: كَيْفَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُكَبِّرُ فِي الْأَضْحَى وَالْفِطْرِ؟ فَقَالَ أَبُو مُوسَى: كَانَ يُكَبِّرُ أَرْبَعًا تَكْبِيرَهُ على الجنازه. فَقَالَ حُذَيْفَة: صدق. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Makhul aytadi: Menga Abu Hurayraning hamsuhbati boʻlgan Abu Oisha (rahimahulloh) xabar berdiki, Said ibn al-Os Abu Muso al-Ashʼariy va Huzayfa ibn al-Yamondan: «Rasululloh ﷺ qurbon hayiti va ramazon hayiti (namozi)da qanday takbir aytar edilar?» — deb soʻradi. Abu Muso: «(U zot) janoza (namozi)dagidek toʻrt marta takbir aytar edilar», — dedi. Huzayfa: «Toʻgʻri aytdi», — dedi. Soʻng Abu Muso: «Men Basrada ularga (amir) boʻlganimda ham shunday takbir aytardim», — dedi. Abu Oisha aytdi: Men Said ibn al-Os (huzurida shularni soʻraganida) hozir edim.