وَعَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَا عَمِلَ ابْنُ آدَمَ مِنْ عَمَلٍ يَوْمَ النَّحْرِ أَحَبَّ إِلَى اللَّهِ مِنْ إِهْرَاقِ الدَّمِ وَإِنَّهُ لَيُؤْتَى يَوْمَ الْقِيَامَةِ بِقُرُونِهَا وَأَشْعَارِهَا وَأَظْلَافِهَا وَإِنَّ الدَّمَ لَيَقَعُ مِنَ الله بمَكَان قبل أَن يَقع بِالْأَرْضِ فيطيبوا بهَا نفسا» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَابْن مَاجَه
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Inson Nahr (qurbonlik) kunida qon oqizishdan (qurbonlik soʻyishdan) Alloh nazdida sevimliroq boʻlgan biron amalni qilmaydi. Albatta, u (qurbonlik) Qiyomat kunida shoxlari, junlari va tuyoqlari bilan keladi. Va albatta, qon yerga tushishidan oldin Alloh nazdida bir maqomga tushadi. Bas, uning bilan koʻnglingizni xush qilinglar», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir; uni Hishom ibn Urva hadisidan faqat shu yoʻl bilan bilamiz. Abu Musannoning ismi Sulaymon ibn Yaziddir; undan Ibn Abu Fudayk rivoyat qilgan. Abu Iso aytdi: Rasululloh ﷺdan: «Qurbonlikdagi har bir tuk evaziga uning egasiga bir yaxshilik bordir», deganlari ham rivoyat qilinadi. «Uning shoxlari evaziga» deb ham rivoyat qilinadi.