عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أُمِرْتُ بِيَوْمِ الْأَضْحَى عِيدًا جَعَلَهُ اللَّهُ لِهَذِهِ الْأُمَّةِ» . قَالَ لَهُ رَجُلٌ: يَا رَسُولَ اللَّهِ أَرَأَيْتَ إِنْ لَمْ أَجِدْ إِلَّا مَنِيحَةً أُنْثَى أَفَأُضَحِّي بِهَا؟ قَالَ: «لَا وَلَكِنْ خُذْ مِنْ شَعْرِكَ وَأَظْفَارِكَ وَتَقُصُّ مِنْ شَارِبِكَ وَتَحْلِقُ عَانَتَكَ فَذَلِكَ تَمَامُ أُضْحِيَّتِكَ عِنْدَ اللَّهِ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bir kishiga: «Menga Qurbon kunini bayram qilishga buyurildi, Alloh azza va jalla uni ushbu ummat uchun belgiladi», dedilar. Haligi kishi: «Aytingchi, agar men sutidan foydalanish uchun berilgan urgʻochi qoʻydan boshqasini topmasam, oʻshani qurbonlik qilaymi?», dedi. U zot: «Yoʻq, lekin sochingdan olasan, tirnoqlaringni qirqasan, moʻylabingni qisqartirasan va qov soqolingni oldirasan. Alloh azza va jalla huzurida sening qurbonliging shu bilan toʻliq boʻladi», dedilar.