وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: جَهَرَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي صَلَاةِ الخسوف بقرَاءَته
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ tutilish namozida (Qurʼonni) jahriy oʻqidilar; tutilish namozini tugatgach, takbir aytib, rukuʼ qildilar. Rukuʼdan tik turganlarida: «Samiʼalloohu liman hamidah, Robbana va lakal-hamd», — der edilar. Soʻng yana qiroatni boshlar edilar. Tutilish namozida ikki rakatda toʻrt rukuʼ va toʻrt sajda bor. Avzoiy va boshqalar: «Biz Zuhriydan — u Urvadan, u Oishadan — eshitdik: ‹Rasululloh ﷺ hayotlik paytlarida quyosh tutildi va u zot bir kishiga: Jamoat namozi, — deb eʼlon qildirdilar. U zot namozga imomlik qilib, ikki rakatda toʻrt rukuʼ va toʻrt sajda qildilar›», — dedi. Valid rivoyat qiladiki, Abdurrahmon ibn Namir unga — u shuning oʻxshashini eshitganini — xabar berdi. Ibn Shihob ham shuning oʻxshashini eshitdi. Zuhriy: «Men (Urvadan): Akang Abdulloh ibn Zubayr nima qildi? U Madinada (tutilish) namozini oʻqiganda, bomdod namozidek ikki rakat oʻqidi, — deb (soʻradim). Urva: U (bu borada) Paygʻambar ﷺ ning sunnatini qoʻldan boy berdi, — deb javob berdi», — dedi. Sulaymon ibn Kasir va Sufyon ibn Husayn Zuhriydan: «Tutilish namozi jahriy qiroat bilan oʻqilar edi», — deb rivoyat qildi.