وَعَن عِكْرِمَة قَالَ: قِيلَ لِابْنِ عَبَّاسٍ: مَاتَتْ فُلَانَةُ بَعْضُ أَزْوَاجِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَخَرَّ سَاجِدًا فَقِيلَ لَهُ تَسْجُدُ فِي هَذِهِ السَّاعَةِ؟ فَقَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا رَأَيْتُمْ آيَةً فَاسْجُدُوا» وَأَيُّ آيَةٍ أَعْظَمُ مِنْ ذَهَابِ أَزْوَاجِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ؟ رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيّ
Ikrima (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)ga: «Falon ayol — Nabiy ﷺ ning xotinlaridan biri vafot etdi», — deyildi. Shunda u sajdaga yiqildi. Unga: «Shu vaqtda sajda qilyapsizmi?» — deyildi. U: «Rasululloh ﷺ: ‹Qachon (Allohning qudratidan dalolat beruvchi) bir alomatni koʻrsangiz, sajda qilinglar›, — deganlar. Nabiy ﷺ ning xotinlaridan birining ketishidan (vafotidan) koʻra qaysi alomat ulkanroq boʻladi?» — dedi.