عَنْ أَبِي بَكْرَةَ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا جَاءَهُ أَمْرٌ سُرُورًا أَوْ يُسَرُّ بِهِ خَرَّ سَاجِدًا شَاكِرًا لِلَّهِ تَعَالَى. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ حسن غَرِيب
Abu Bakra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ ga quvonarli bir ish (xabar) kelsa yoki biror narsadan xursand boʻlsalar, Alloh taologa shukr qilib, sajdaga yiqilar edilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan. Termiziy: «Bu hasan gʻarib hadisdir», dedi.