وَعَن عبد الله بن زيد أَنَّهُ قَالَ: اسْتَسْقَى رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَعَلَيْهِ خَمِيصَةٌ لَهُ سَوْدَاءُ فَأَرَادَ أَنْ يَأْخُذَ أَسْفَلَهَا فَيَجْعَلَهُ أَعْلَاهَا فَلَمَّا ثَقُلَتْ قَلَبَهَا عَلَى عَاتِقَيْهِ. رَوَاهُ أَحْمَدُ وَأَبُو دَاوُدَ
Abdulloh ibn Zayd (roziyallohu anhu) aytdi: Rasululloh ﷺ ustlarida qora rangli xamisa (naqshli kiyim) bilan yomgʻir soʻradilar. Rasululloh ﷺ uning pastki tomonidan ushlab, uni yuqori tomoniga oʻtkazmoqchi boʻldilar. (Kiyim) ogʻir kelgach, uni yelkalari ustida agʻdardilar.