وَعَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: مَا رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ضَاحِكًا حَتَّى أَرَى مِنْهُ لَهَوَاتِهِ إِنَّمَا كَانَ يتبسم فَكَانَ إِذَا رَأَى غَيْمًا أَوْ رِيحًا عُرِفَ فِي وَجهه
(Oisha (roziyallohu anho) — Paygʻambar ﷺning zavjasi — aytdi:) Men Rasululloh ﷺni — kichik tilchalari (komogi) koʻ rinadigan darajada — (qah-qah urib) kulganlarini koʻ rmaganman; u zot faqat tabassum qilar edilar. (Oisha) aytdi: U zot bir bulut yoki shamolni koʻ rganlarida, (bu) yuzlarida bilinar edi. Men: «Ey Allohning Rasuli, odamlar bulutni koʻ rganida — unda yomgʻ ir boʻ lishi umidida — xursand boʻ ladi; sizni esa uni koʻ rganingizda, yuzingizda yoqtirmaslik (noxushlik) bilinadi», dedim. U zot: «Ey Oisha, unda azob boʻ lmasligidan meni nima xotirjam qiladi? Bir qavm shamol bilan azoblangan edi; bir qavm azobni koʻ rib: ‹Bu — bizga yomgʻ ir yogʻ diradigan bulut› (Ahqof surasi, 24) dedi (yaʼni azobni yomgʻ ir deb oʻyladi)», dedilar.