وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «الصَّلَوَاتُ الْخَمْسُ وَالْجُمُعَةُ إِلَى الْجُمُعَةِ وَرَمَضَانُ إِلَى رَمَضَانَ مُكَفِّرَاتٌ لَمَّا بَيْنَهُنَّ إِذَا اجْتُنِبَتِ الْكَبَائِر» . رَوَاهُ مُسلم
Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Ikki xislat borki, ularni sanab bajargan har bir musulmon jannatga kiradi. Ular oson, ammo ularni qiluvchilar oz», dedilar. Yana Rasululloh ﷺ: «Besh vaqt namoz. Biringiz har namozdan soʻng oʻn marta tasbeh, oʻn marta tahmid, oʻn marta takbir aytadi. Bu tilda bir yuz ellik, mezonda esa bir ming besh yuz boʻladi», dedilar. Men Rasululloh ﷺ ularni qoʻllari bilan sanaganlarini koʻrdim. «Biringiz oʻrniga yoki yotogʻiga yotsa, oʻttiz uch marta tasbeh, oʻttiz uch marta tahmid, oʻttiz toʻrt marta takbir aytadi. Bu tilda yuz, mezonda esa ming boʻladi», dedilar. Yana Rasululloh ﷺ: «Qaysingiz bir kecha-kunduzda ikki ming besh yuz gunoh qiladi?», dedilar. «Ey Rasululloh, qanday qilib ularni sanamaymiz?», deyildi. Shunda u zot: «Albatta, shayton biringizning namozida oldiga kelib: ‹Buni esla, buni esla› deydi, uyqusi paytida ham kelib uni uxlatib qoʻyadi», dedilar.