وَعَنْ أَنَسٍ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي أَصَبْتُ حَدًّا فأقمه عَليّ قَالَ وَلم يسْأَله عَنهُ قَالَ وَحَضَرَتِ الصَّلَاةُ فَصَلَّى مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَلَمَّا قَضَى النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الصَّلَاة قَامَ إِلَيْهِ الرَّجُلُ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي أَصَبْتُ حَدًّا فأقم فِي كتاب الله قَالَ أَلَيْسَ قَدْ صَلَّيْتَ مَعَنَا قَالَ نَعَمْ قَالَ فَإِنَّ اللَّهَ قَدْ غَفَرَ لَكَ ذَنْبَكَ أَو قَالَ حدك "
(Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat qildiki, u aytdi:) Men Paygʻambar ﷺning huzurlarida edim. Bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, men had (joriy etiladigan bir gunoh) qildim, uni menga joriy eting», dedi. (Anas aytdi:) U zot undan (gunohi haqida) soʻramadilar. Namoz vaqti boʻlib, u Paygʻambar ﷺ bilan namoz oʻqidi. Paygʻambar ﷺ namozni tugatganlarida, haligi kishi U zotga turib: «Yo Rasululloh, men had (joriy etiladigan gunoh) qildim, menda Allohning Kitobini (hukmini) joriy eting», dedi. U zot: «Sen biz bilan namoz oʻqimadingmi?» dedilar. U: «Ha», dedi. U zot: «Albatta, Alloh sening gunohingni» — yoki: «hadingni» — «kechirdi», dedilar.