عَنْ عُبَادَةَ بْنِ الصَّامِتِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «خَمْسُ صَلَوَاتٍ افْتَرَضَهُنَّ اللَّهُ تَعَالَى مَنْ أَحْسَنَ وُضُوءَهُنَّ وَصَلَّاهُنَّ لوقتهن وَأتم ركوعهن خشوعهن كَانَ لَهُ عَلَى اللَّهِ عَهْدٌ أَنْ يَغْفِرَ لَهُ وَمَنْ لَمْ يَفْعَلْ فَلَيْسَ لَهُ عَلَى اللَّهِ عَهْدٌ إِنْ شَاءَ غَفَرَ لَهُ وَإِنْ شَاءَ عَذَّبَهُ» . رَوَاهُ أَحْمَدُ وَأَبُو دَاوُدَ وَرَوَى مَالك وَالنَّسَائِيّ نَحوه
Abdulloh ibn Sunobihiy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi. U dedi: Abu Muhammad: «Vitr namozi vojibdir», deb daʼvo qildi. Shunda Uboda ibn Somit (roziyallohu anhu): «Abu Muhammad xato qildi. Men Rasululloh ﷺning shunday deganlariga guvohlik beraman: ‹Allohu taolo besh namozni farz qilgan. Kim ularning tahoratini chiroyli qilsa, ularni oʻz vaqtida oʻqisa, rukuʼlarini va xushuʼlarini toʻkis bajarsa, unga Allohning uni magʻfirat qilishi haqida ahdi boʻladi. Kim bunday qilmasa, unga Allohning ahdi yoʻq: xohlasa magʻfirat qiladi, xohlasa azoblaydi›», dedi.