وَعَن ابْنِ شِهَابٍ أَنَّ عُمَرَ بْنَ عَبْدِ الْعَزِيزِ أَخَّرَ الْعَصْرَ شَيْئًا فَقَالَ لَهُ عُرْوَةُ: أَمَا إِنَّ جِبْرِيلَ قَدْ نَزَلَ فَصَلَّى أَمَامَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ لَهُ عُمَرُ: اعْلَمْ مَا تَقُولُ يَا عُرْوَةُ فَقَالَ: سَمِعْتُ بَشِيرَ بْنَ أَبِي مَسْعُودٍ يَقُولُ سَمِعْتُ أَبَا مَسْعُودٍ يَقُولُ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «نَزَلَ جِبْرِيلُ فَأَمَّنِي فَصَلَّيْتُ مَعَهُ ثُمَّ صَلَّيْتُ مَعَهُ ثُمَّ صَلَّيْتُ مَعَهُ ثُمَّ صَلَّيْتُ مَعَهُ ثُمَّ صَلَّيْتُ مَعَهُ» يحْسب بأصابعه خمس صلوَات
Abu Masʼud al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Umar ibn Abdulaziz asr (namozini) bir oz kechiktirdi. Shunda Urva unga: «Albatta Jibril (osmondan) tushib, Rasululloh ﷺ ga imom boʻlib namoz oʻqigan-ku», dedi. Umar unga: «Ey Urva, nima deyotganingni bilib gapir», dedi. (Urva) dedi: «Men Bashir ibn Abu Masʼudni: ‹Men Abu Masʼudni: ‹Men Rasululloh ﷺ ni: ‹Jibril (osmondan) tushib, menga imom boʻldi, men u bilan birga (namoz) oʻqidim, soʻng u bilan birga oʻqidim, soʻng u bilan birga oʻqidim, soʻng u bilan birga oʻqidim, soʻng u bilan birga oʻqidim›, — deganlarini eshitdim› deganini eshitdim› deganini eshitdim», — dedi. (U) besh vaqt namozni barmoqlari bilan sanardi.