وَعَنْهَا قَالَتْ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَيُصَلِّي الصُّبْحَ فَتَنْصَرِفُ النِّسَاءُ مُتَلَفِّعَاتٌ بمروطهن مَا يعرفن من الْغَلَس
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bomdod namozini oʻqir edilar, soʻng ayollar ridolariga oʻranib qaytishar, tong qorongʻusi sababli ular tanib boʻlmas edi. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.