وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: مَا صَلَّى رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَلَاةً لِوَقْتِهَا الْآخِرِ مَرَّتَيْنِ حَتَّى قَبَضَهُ اللَّهُ تَعَالَى. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: U: «Rasululloh ﷺ Alloh u zotning jonini olguniga qadar hech qachon biror namozni oxirgi vaqtida ikki marta oʻqimaganlar», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hasan gʻarib hadisdir, uning isnodi muttasil (uzluksiz) emas. Shofeiy aytdi: Namozning avvalgi vaqti afzalroqdir. Avvalgi vaqtning oxirgi vaqtdan afzalligiga dalolat qiladigan narsalardan biri — Nabiy ﷺning, Abu Bakr va Umarning (shuni) ixtiyor qilganlaridir; ular faqat afzal boʻlgan narsanigina ixtiyor qilar, fazilatni tark etmas va namozni avvalgi vaqtida oʻqir edilar. (Shofeiy) aytdi: Buni bizga Abu Valid al-Makkiy Shofeiydan aytib berdi.