وَعَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " أَعْتِمُوا بِهَذِهِ الصَّلَاةِ فَإِنَّكُمْ قَدْ فُضِّلْتُمْ بِهَا عَلَى سَائِرِ الْأُمَمِ وَلَمْ تُصَلِّهَا أُمَّةٌ قَبْلَكُمْ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. U dedi: «Biz Paygʻambar ﷺni xufton namozida kutib turdik. U zot shu qadar kechiktirdilarki, hatto ayrim kishilar u zot chiqmaslar deb oʻylab qoldi, bizdan baʼzimiz esa: ‹U zot namozni oʻqib boʻldilar›, der edi. Biz shu holatda turganimizda Paygʻambar ﷺ chiqdilar. Odamlar u zotga aytgan gaplarini aytishdi. Shunda u zot ularga: ‹Bu namozni qorongʻulikda oʻqinglar, chunki sizlar shu namoz bilan boshqa barcha ummatlardan ustun qilingansizlar va sizlardan oldin hech bir ummat uni oʻqimagan›, dedilar».