وَعَن أبي سعيد الْخُدْرِيّ قَالَ: صَلَّى بِنَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَلَاةَ الْعَتَمَة فَلم يخرج إِلَيْنَا حَتَّى مَضَى نَحْوٌ مِنْ شَطْرِ اللَّيْلِ فَقَالَ: «خُذُوا مَقَاعِدَكُمْ» فَأَخَذْنَا مَقَاعِدَنَا فَقَالَ: «إِنَّ النَّاسَ قد صلوا وَأخذُوا مضاجعهم وَإِنَّكُمْ لم تَزَالُوا فِي صَلَاةٍ مَا انْتَظَرْتُمُ الصَّلَاةَ وَلَوْلَا ضَعْفُ الضَّعِيفِ وَسَقَمُ السَّقِيمِ لَأَخَّرْتُ هَذِهِ الصَّلَاةَ إِلَى شَطْرِ اللَّيْلِ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. U dedi: «Rasululloh ﷺ bilan birga xufton namozini oʻqidik. U zot kechaning yarmiga yaqini oʻtmaguncha chiqmadilar. Soʻng: ‹Joylaringizni egallanglar›, dedilar. Biz joylarimizni egalladik. Keyin u zot: ‹Albatta odamlar namozlarini oʻqib, oʻrinlariga yotib boʻldilar. Sizlar esa namozni kutar ekansiz, doimo namozda boʻlasizlar. Agar zaifning zaifligi va kasalning kasalligi boʻlmaganida edi, bu namozni kechaning yarmigacha kechiktirardim›, dedilar».