وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «من أذن سبع سِنِين محتسبا كتبت لَهُ بَرَاءَةٌ مِنَ النَّارِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُد وَابْن مَاجَه.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ: «Kim savobni umid qilib yetti yil azon aytsa, unga doʻzaxdan najot (poklik) yoziladi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Abdulloh ibn Masʼud, Savbon, Muoviya, Anas, Abu Hurayra va Abu Saiddan ham (hadislar) bor. Abu Iso aytdi: Ibn Abbosning hadisi gʻarib hadisdir. Abu Tumaylaning ismi Yahyo ibn Vozihdir. Abu Hamza as-Sukkariyning ismi Muhammad ibn Maymundir. Jobir ibn Yazid al-Juʼfiyni esa (muhaddislar) zaif sanaganlar; Yahyo ibn Said va Abdurahmon ibn Mahdiy uni tark qilganlar. Abu Iso aytdi: Men Joruddan eshitdim, u Vakiʼdan eshitganini aytdiki: «Agar Jobir al-Juʼfiy boʻlmaganida, kufaliklar hadissiz qolgan boʻlardilar; agar Hammod boʻlmaganida, kufaliklar fiqhsiz qolgan boʻlardilar».