وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ أَذَّنَ ثِنْتَيْ عَشْرَةَ سَنَةً وَجَبَتْ لَهُ الْجَنَّةُ وَكُتِبَ لَهُ بِتَأْذِينِهِ فِي كُلِّ يَوْمٍ سِتُّونَ حَسَنَةً وَلِكُلِّ إِقَامَة ثَلَاثُونَ حَسَنَة» . رَوَاهُ ابْن مَاجَه
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim oʻn ikki yil azon aytsa, unga jannat vojib boʻladi va azon aytgani uchun har kuni oltmish yaxshilik, har bir iqoma uchun esa oʻttiz yaxshilik yoziladi», dedilar.