وَعَنْهُ قَالَ: قَالَ لَنَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «صَلُّوا كَمَا رَأَيْتُمُونِي أُصَلِّي فَإِذا حضرت الصَّلَاة فليؤذن لكم أحدكُم وليؤمكم أكبركم»
(Molik ibn Huvayris aytdi:) Biz Paygʻambar ﷺning huzurlariga — bir-birimizga yaqin (tengdosh) yigitlar holida — keldik va U zotning huzurlarida yigirma kecha turdik. Rasululloh ﷺ rafiq (mehribon, muloyim) edilar. U zot biz oʻz ahlimizni (sogʻinib) istab qolganimizni yoki (ularni) sogʻinganimizni payqaganlarida, bizdan ortimizda kimlarni (qoldirib) kelganimizni soʻradilar; biz U zotga xabar berdik. U zot: «Oʻz ahllaringizga qaytinglar, ular ichida turinglar, ularga (din) oʻrgatinglar va ularni buyuringlar — (Molik) baʼzi narsalarni zikr qildi, men ularni yodlayman yoki yodlamayman — va men namoz oʻqiganimni koʻrgan holatda namoz oʻqinglar; namoz (vaqti) kelganida, biringiz sizlarga azon aytsin va kattangiz sizlarga imom boʻlsin», dedilar.