وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ دخل الْكَعْبَة وَأُسَامَة بن زيد وبلال وَعُثْمَان بن طَلْحَة الحَجبي فَأَغْلَقَهَا عَلَيْهِ وَمَكَثَ فِيهَا فَسَأَلْتُ بِلَالًا حِينَ خَرَجَ مَاذَا صَنَعَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: جعل عمودا عَن يَسَارِهِ وَعَمُودَيْنِ عَنْ يَمِينِهِ وَثَلَاثَةَ أَعْمِدَةٍ وَرَاءَهُ وَكَانَ الْبَيْتُ يَوْمَئِذٍ عَلَى سِتَّةِ أَعْمِدَةِ ثُمَّ صلى
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Kaʼbaga kirdilar, u zot bilan birga Usoma ibn Zayd, Usmon ibn Talha al-Hajabiy va Bilol ham kirdilar. Soʻng u (Bilol Kaʼba)ning eshigini berkitdi va u zot uning ichida turdilar. Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) aytadi: Men Bilol chiqqanida undan: «Rasululloh ﷺ (u yerda) nima qildilar?» deb soʻradim. U: «U zot bir ustunni chap tomonlariga, ikki ustunni oʻng tomonlariga va uch ustunni orqalariga olib — oʻsha kunlari Uy (Kaʼba) olti ustun ustida edi — soʻng namoz oʻqidilar», dedi.